QUVASOYDA TADBIRKORLAR ISHTIROKIDA UCHRASHUV TASHKIL ETILDI
2024-04-17 16:58:50 672
Quvasoy shahridagi Xalq qabulxonasi binosida quvasoylik tadbirkorlar ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari Husanboy Xoldorov, «Asaka bank» AJ Farg‘ona filiali boshqaruvchisi Mardon Xadjayev, mutasaddi rahbarlar hamda mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari ishtirok etdi.
Muloqotda tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar, shart – sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, quvasoylik ishbilarmonlar o‘zlarini o‘ylantirib kelayotgan masalalar yuzasidan murojaatlarni amalga oshirdilar.
Xususan, bankdan kredit olish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish bilan bog‘liq muammolarni o‘rtaga tashladilar. Ular mutasaddilar ishtirokida ko‘rib chiqilib, hal etish chora-tadbirlari belgilandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram