MAKTAB BITIRUVCHILARINI OLIY TA’LIMGA QAMROVINI OSHIRISH VA KASB-HUNARGA O‘RGATISH MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI
2024-03-13 18:48:25 817
Quvasoy shahridagi 22 - umumta’lim maktabida “Kelajak bunyodkori” abituriyent shtabi faoliyatiga oid seminar tashkil etildi. Shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov ishtirok etgan tadbirga umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari va amaliyotchi psixologlari taklif etildi.
So‘z olganlar yoshlar ta’lim - tarbiyasi, quvasoylik yigit - qizlarni oliy ta’limga qamrovini oshirish, shuningdek, ularga kasb - hunar o‘rgatish jarayonlari bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalib o‘tdilar.
Seminar davomida 11 - sinf o'quvchilarini ta'limning keyingi bosqichiga jalb qilish maqsadida bilimlarni baholash testlari tashkil etildi. “Test natijalari ustida ishlash” mavzusida ona tili, matematika, O‘zbekiston tarixi fanlaridan to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ingliz tili fanidan “Milliy va xalqaro sertifikatlarga tayyorlash” guruhi ish faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish bo’yicha “Koreys tili” hamda “Veb-dizayner” darslari bilan tanishgan seminar ishtirokchlari o‘z ta’lim maskanlarida amalga oshirishlari zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida kelishib oldilar. Yakunda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” mavzusidagi bayram tadbiri ishtirokchilarga ko’tarinkilik ulashdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram