TURKIYALIK INVESTORLAR GURUHI QUVASOYDA MAVJUD IMKONIYATLAR BILAN TANISHDILAR: HAMKORLIK MASALALARI KELISHIB OLINDI
2024-03-07 23:36:23 835
“Turkiya O‘zbekiston Biznesni Rivojlantirish Platformasi” tashabbusi bilan O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish investitsion loyihalari dasturi doirasida turkiyalik bir guruh investorlar Quvasoy shahriga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar hududlarda bo‘lib, tibbiyot, ta’lim, turizm, qishloq xo‘jaligi, IT texnologiyalari va boshqa yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Ularga shahar hokimi o‘rinbosari Salimjon Nishonqulov hamrohlik qildi.
Kunning ikkinchi yarimida shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov shahar hokimligida turkiyalik investorlarni qabul qildi.
Uchrashuvda ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli barcha soha hamda yo‘nalishlarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlanib borayotganligi qayd etildi. Quvasoy shahrida ham xorijiy hamkorlar bilan investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Turkiyalik ishbilarmonlar o‘z faoliyatlari, amalga oshirib kelayotgan loyihalari yuzasidan taqdimotlarni amalga oshirdilar.
Yakunda “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, hamkorlik istiqbollarini belgilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini tayyorlashga kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram