QUVASOYLIK YOSHLARNI XALQARO OLIY O‘QUV YURTLARIDA ILG‘OR BILIMLARNI O‘ZLASHTIRISHLARIGA KO‘MAKLASHISH CHORA-TADBIRLARI MUHOKAMA QILINDI
2024-03-06 20:33:25 674
Bugun Quvasoy shahridagi 3 - sonli umumta’lim maktabida Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti rektori Park Joon Ho (https://www.kiuf.uz/en/blog/8/) ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Quvasoy shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov ham ishtirok etdi.
Shahardagi umumta’lim maktablari rahbarlari jalb etilgan tadbirda quvasoylik yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularni oliy o‘quv yurtiga jalb etish, kelgusida munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lishlarini ta’minlash masalalari haqida so‘z bordi. Bu yo‘nalishda Farg‘ona shahridagi Koreya xalqaro universiteti bilan hamkorlik istiqbollariga e’tibor qaratildi.
Oliygoh rektori Park Joon Ho O‘zbekiston - Koreya xalqaro universiteti faoliyati, erishilgan natijalar, bugungi kunda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.
Xususan, zamonaviy ta’lim tizimi asosida koreys tiliga ixtisoslashtirilgan ta’lim olib borilayotgani, 2022-2023-yillarda jami 163 nafar talabalar 3+1 qo‘shma diplom dasturi (https://www.kiuf.uz/en/info/4/)dan foydalangani ma’lum qilindi. 2024-yil uchun qo‘shma diplom dasturiga 100 - 120 nafar talabalar tayyorlanishayotgani aytib o‘tildi.
Uchrashuvda hamkorlik masalalari haqida ham atroflicha to‘xtalib o‘tildi va ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram