Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA O‘ZBEKISTON “VETERAN” JANGCHI-FAXRIY VA NOGIRONLARI BIRLASHMASINING 30 YILLIGI NISHONLANDI: AFG‘ONISTONDAGI HARAKATLAR CHOG‘IDA JASORAT KO‘RSATGAN VETERANLARGA EHTIROM KO‘RSATILDI

×

 2024-03-04 17:01:56    850

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Quvasoy shahrida O‘zbekiston “Veteran” jangchi-faxriy va nogironlari birlashmasining 30 yilligi hamda Afg‘oniston hududidan harbiy qo‘shinlar cheklangan kontingentini olib chiqilganligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Dastlab Quvasoy shahridagi Motamsaro ona haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi va Afg‘oniston tuprog‘ida tinchlik uchun kurashda halok bo‘lganlar xotirasi yodga olindi.

Shundan so‘ng tadbir shahadagi “Do‘stlik” tantanalar majmuasiga ko‘chdi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov, “Veteran” birlashmasi viloyat bo‘limi Kengashi raisi Mo'ysinjon Mehmonov, birlashma a’zolari, Afg‘onistonda yigitlik burchini o‘tagan veteran harbiylar, Afg‘on urushida halok bo‘lgan hamda urushdan keyin vafot etgan askarlarning oila a’zolari ishtirok etdilar.

Tadbirda veteranlarning yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi o‘rni, kelajak avlodga yurtga mehr, vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirib kelayotganligi haqida alohida to‘xtalib o‘tildi. Faol va tashabbuskor bir guruh “Veteran” birlashmasi Quvasoy shahar bo‘linmasi a’zolariga tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbir to‘kin dasturxon ustida, san’atkorlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi. Ayniqsa, harbiy orkestrning chiqishlari barchada katta taassurot qoldirdi.

Ma’lumki, qo‘shni Afg‘oniston hududida tinchlikni ta’minlash maqsadida 1979 - yil 25 - dekabrda boshlangan harbiy harakat, 1989 - yil 15 - fevral kuni Hayraton ko‘prigi orqali qo‘shinlarimizning olib chiqib ketilishi bilan yakun topgandi.

Afg‘on zaminida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash uchun Farg‘ona viloyatidan 10 mingdan ziyod askarlar ishtirok etishgan, 171 nafar jangchilar qo‘shni yurtda qahramonlarcha halok bo‘lishgan, 915 nafari yarador bo‘lib qaytishgan.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram