VAFO VA SADOQAT TIMSOLI, SHOIRA ZULFIYA ISROILOVA TAVALLUDINING 109 YILLIGI MUNOSABATI BILAN MADANIY-MA’RIFIY TADBIR TASHKIL ETILDI
![](https://quvasoy.uz/uploads/bot/1ef119bebfb0915f64031.jpg)
2024-03-01 12:59:32 786
Quvasoy shahridagi axborot-kutubxona markazida Zulfiya Isroilova tavalludining 109 yilligiga bag‘ishlangan “Sen bahorni sog‘inmadingmi” nomli adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Shahardagi umumta’lim maktablarining o‘quvchi va ustozlari, shuningdek, axborot-kutubxona markazi xodimlari taklif etilgan tadbirda viloyat hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova ishtirok etdi.
Tadbir davomida sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim ijodini tarannum etuvchi she’rlar hamda kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar e’tiboriga havola qilindi.
Faol ishtirokchilarga shahar hokimligining faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
![](https://telegra.ph/file/1ef119bebfb0915f64031.jpg)
![](https://telegra.ph/file/77263cf490332ebaef8f4.jpg)
![](https://telegra.ph/file/43142d10b99e110cfd1ef.jpg)
![](https://telegra.ph/file/1240ea2ffc133931430f1.jpg)
![](https://telegra.ph/file/217a29dbcc4267ddb707f.jpg)
![](https://telegra.ph/file/28e0a6776b17a2837e5e8.jpg)
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram