QUVASOYDA SHAHAR HOKIMI ISHTIROKIDA JINOYATCHILIK MUHOKAMALARI BO‘LIB O‘TDI
2024-02-16 20:46:19 1172
Bugun Quvasoy shahridagi Mo‘yan, Yuqori Mo‘yan hamda Lashkar mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari, yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari, profilaktika inspektorlari hamda mahallada yashovchi aholi ishtirokida joriy yilning yanvar, fevral oylarida sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan muhokamalar bo‘lib o‘tdi. Ularda Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov hamda shahar IIB mas’ul xodimi ishtirok etdi.
Muhokamalarda sodir etilgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Jinoyat turlari, jumladan o‘g‘rilik, giyohvandlik, ularning kelib chiqish sabab va oqibatlari jamoatchilik oldida keng muhokama qilindi.
Hududlardagi huquqbuzarlik va jinoyatlar soni oshib ketishiga sabab bo‘layotgan omillar aytib o‘tildi va ularning oldini olish bo‘yicha yig‘ilganlar, mahalla faollari ham o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi.
Mahallada yashovchi har bir fuqaro doimo ogoh va xushyor bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi. Kelgusida jinoyatchilik bilan bog‘liq salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram