Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TA’LIM-TARBIYA DAVLAT SIYOSATI: QUVASOYDA NAMUNAVIY SEMINAR TASHKIL ETILDI

×

 2024-02-15 11:26:01    935

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahridagi Pakana MFY da joylashgan 6-umumta’lim maktabida namunaviy seminar tashkil etildi. 

Unda ta’lim maskanlaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va o‘quvchilarning darslardagi faol ishtirokini ta’minlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish masalalari kun tartibidan o‘rin oldi. 

Mavjud 29 ta maktablarning ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda xo‘jalik mudirlari taklif etilgan tadbirni shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri Eldor Qo‘ziyev olib bordi.

350 nafardan ziyod o‘g‘il-qizlar ta’lim olayotgan va 30 nafar pedagoglar faoliyat yuritayotgan 6-maktabda olib borilgan ishlar seminar qatnashchilariga birma-bir tanishtirildi.

Milliy gvardiya tizimiga o‘tkazilgan inspektor-psixologlar o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda maktab jamoalariga yaqindan ko‘maklashishi, muntazam dars qoldiruvchi o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlashi yana bir bor ta’kidlandi.

Yangi tartibga ko‘ra ota-onalar va mahalla faollari ishtirokidagi “maktab — ota-ona — mahalla” hamkorligi uzviy tashkil etilib, endilikda maktab direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar, Chaqiriqqa qadar yoshlarni tayyorlash bo‘yicha o‘rinbosarlari, psixolog va sinf rahbarlarining o‘quvchilar ma’naviyatini yuksaltirish va darslardagi ishtiroki, ta’lim-tarbiya ishlarini hamohang tashkil etishga doir mas’uliyati yanada oshiriladi.

Seminar davomida ishtirokchilar bilan kun tartibidagi masalalar yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram