HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVIDA ILGARI SURILGAN TASHABBUS AMALDA O‘Z IJROSINI TOPMOQDA
2024-02-13 12:32:39 878
Joriy yilning 1 - fevral sanasida Quvasoy shahar hokimligida tashkil etilgan hokim va yoshlar uchrashuvida Guliston MFY yoshlar yetakchisi Shodonbek Xusanov chet elda ishlash va o‘qish istagida bo‘lganlar uchun mahallada nemis tili kursini tashkil etish tashabbusini ilgari surgan edi.
Ayni kunlarda Farg‘ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi bilan hamkorlikda Guliston MFY binosida MFY raisi, xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi hamkorligida nemis tilida o‘quv kursi faoliyat boshladi.
Chunki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra Germaniya o‘zbekistonliklar uchun 50 ming bo‘sh ish o‘rni https://t.me/migratsiyaagentligi/13696) taklif qilmoqda. Bu esa 1.000 yevrodan 3.000 yevrogacha oylik ish haqi olib ishlash istagida bo‘lganlar uchun yana bir imkoniyat eshigini ochadi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram