SHAHAR HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BO‘LIB O‘TDI
2024-02-06 17:25:41 558
Bugun Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov ishtirokida shahardagi Xalq qabulxonasida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
Daxldor idora va tashkilotlar rahbarlari jalb etilgan qabulda fuqarolarning uy-joy, moddiy yordam olish, salomatlikni tiklash, bandlik, hududlarni obodonlashtirish kabi turli masalalarda qilgan murojaatlari eshitildi.
Har bir murojaat atroflicha muhokama qilinib, ularni hal etish chora-tadbirlari belgilandi.
Ayrim masalalar joyning o‘zida yechim topgan bo‘lsa, hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlarni mutasaddilarga qo‘shimcha o‘rganish bo‘yicha topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo‘lmagan murojaatlar bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram