Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 125 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“JASORAT” LOYIHASI DOIRASIDA O‘TKAZILGAN TADBIRLAR “QUVASOY TAJRIBASI” SIFATIDA RESPUBLIKADA OMMALASHTIRILISHI MAQSAD QILINDI

×

 2024-01-27 14:16:07    969

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahrida 23 ming nafardan ziyod 14-30 yoshdagi o‘g‘il-qizlar istiqomat qilishadi. Mutasaddilarning ma’lumotlariga ko‘ra ulardan qariyb 100 nafari “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari bo‘lib, shahrimizda “Jasorat” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirlar ular faolligini yanada oshirishga xizmat qildi.

Xususan, Huvaydo MFY dagi sport majmuasida o‘tgan tadbirda Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan yoshlar masalalari va muammolarini o‘rganish jarayonida aniqlangan ko‘makka muhtoj yoshlarga yordam ko‘rsatildi. 

4 nafar yoshlarga tikuv mashinalari hamda motokultivatorlar berildi. "Yoshlar daftari"ga kiritilgan 44 nafar yigit-qizlarga to‘lov-kontraktlari uchun sertifikatlar topshirildi.

Shuningdek, kun davomida o‘tgan musobaqalar g‘oliblari munosib taqdirlandilar.

Yosh avlod vakillari uchun yangi imkoniyatlarni hadya etgan “Jasorat” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirlar “Quvasoy tajribasi” sifatida butun Respublikada ommalashtirilishi nazarda tutilgani tashkilotchilar tomonidan yana bir bor ta’kidlandi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram