SHAHAR HOKIMLIGIDA 2023 YILNING 9 OYI DAVOMIDA JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASH NATIJALARI YUZASIDAN XISOBOT
2023-10-04 10:47:01 147
Shahar hokimligiga 2023-yilning 9 oyi davomida shahar hokimligiga barcha manbaalar orqali jismoniy va yuridik shaxslar vakillaridan jami 473 ta (616ta) murojatlar shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi 208ta (315ta), Halq qabulxonasi orqali 114 ta (132ta), Bosh Prokuratura ishonch telefoni orqali 23 ta (23ta) va shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 128ta (146ta) yozma murojaatlar kelib tushgan. (Bu ko‘rsatgich 2021 yilning shu davrida 616 tani tashil etib, 143 taga yoki 23,2% kamaygan).
Mazkur murojaatlarning 252 tasi (53,3%) ijobiy hal etilgan, 206 ta (43,5%) murojaatga qonuniy tushuntirish berilgan, 15 ta (3,2%) murojaat o‘rganish jarayonida.
Murojaatlar sohalar kesimida tahlil etilganda, Boshlang‘ich to‘lovsiz uy-joy olish 105 ta, Yo‘llarni ta’mirlash 95 ta, Moddiy yordam ajratish masalasida 72 ta, Obodonlashtirish masalasida 61 ta, Tadbirkorlikni rivojlantirish masalasida 39 ta, Qishloq xo‘jaligi sohasida 16 ta, Uy-joylarni ta’mirlash 14 ta, Tomorqalarni sug‘orish masalasida 11 ta, Ichimlik suvi masalasida 9 ta, Raxbarlarning faoliyati masalasida 8 ta, Ish bilan ta’minlash masalasida 6 ta, Elektr ta’minoti 5 ta, Daftarga (Temir, Ayollar, Yoshlar) kiritish masalasida 5 ta, Oilaviy munosabatlar masalasida 2 ta, Kredit olish, Raxbarlar qabuliga kirish hamda Haj va Umra masalalarida 1 tadan hamda boshqa sohalarga oid 22 ta murojaatlar kelib tushgan.
Eng ko‘p murojaatlar shaharning Ziynat 60 ta (12,7%), Kokilon 35 ta (7,4%), Pakana 33 ta (7,0%), Qo‘chqorchi 31 ta (6,5%), X.Olimjon 29 ta (6,1%), Bog‘bon 25 ta (5,3%), Do‘stlik 23 ta (4,9%), Polmon 18 ta (3,8%), Yoshlik 21 ta (4,4%), Arsif 14 ta (2,9%), Huvaydo 14 ta (2,9) mahalla fuqarolar yig‘inlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga asosan, aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida tasdiqlangan reja jadvallar asosida shaxsiy hamda ommaviy sayyor qabullar o‘tkazib borilmoqda.
Xususan, shahar hokimi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan 2023-yil 9 oyi davomida jami 66 marotaba qabullar tashkil etilib, shundan, 28 marotaba shahsiy hamda 38 marotaba ommaviy sayyor qabul o‘tkazilgan.
Qabullar davomida jami 601 nafar fuqarolarning murojaatlari ro‘yxatga olingan bo‘lib shundan, 329 nafar (54,7%) fuqaroning murojaatlari ijobiy hal etildi, 260 nafar (43,3%) fuqaroning murojaatiga qonuniy tushuntirish berildi, 12 nafar (2%) fuqaroning murojaatlarini belgilangan muddatlarda o‘rganib chiqib, axborot berish uchun tegishli raxbarlarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.