NURONIYLARGA EHTIROM TADBIRI UCH AVLOD UCHRASHUVI BILAN DAVOM ETDI
2023-12-29 15:22:48 1517
Mamlakatimizda keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirish ustuvor masalalardan biriga aylangan. Ushbu yo‘nalishda Quvasoy shahrida ham salmoqli ishlar olib borilmoqda.
Shaharda 11 ming 600 nafardan ko‘proq nuroniylar bo‘lib, Prezidentimizning tegishli qarorlari ijrosi doirasida ularga muntazam e’tibor va g‘amxo‘rliklar ko‘rsatib kelinmoqda.
Shahardagi “Do‘stlik” tantanalar majmuasida o‘tgan tadbir ham ana shulardan biri bo‘ldi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov hamda mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.
Shahardagi ibratli oila sohiblari, nuroniy otaxon va onaxonlar, mehnat faxriylari hamda yosh avlod vakillari taklif etilgan tadbirda so‘z olganlar tomonidan ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan ezgu qadriyat va an’analar, o‘zaro mehr-oqibat tushunchalari bugungi kunda ham yuksak qadr-qimmatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Yurt taraqqiyoti yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriylarning ibratli hayot yo‘lini yoshlarga ibrat va o‘rnak qilib ko‘rsatish, kelajagimiz vorislarida hayotiy bilim va saboqlarni yanada oshirish maqsadida nuroniylarga ehtirom tadbiri uch avlod uchrashuvi bilan davom etdi. Elga tinchlik, yoshlarga kamol tilab duolar qilindi.
San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar esa davraga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram