Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 139 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MADANIYAT MARKAZIDA “YANGI YIL SARGUZASHTLARI” NOMLI SAHNA ASARI BOLAJONLAR UCHUN NAMOYISH ETILDI

×

 2023-12-29 15:15:10    1173

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahridagi 12 - sonli markaziy madaniyat markazida yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram dasturi bo‘lib o‘tdi.

Shahar maktablari o‘quvchilari, madaniyat markazlarida faoliyat olib borayotgan badiiy havaskorlik jamoalari va to‘garaklari qatnashchilari hamda ularning ota - onalari taklif etilgan tadbirda “Yangi yil sarguzashtlari” nomli sahna asari namoyish etildi.

Sahna asarida Qorbobo va Qor malikasi hamda boshqa ertak qahramonlarining chiqishlari, ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi azaliy kurash, unda ezgulikni g‘alaba qozonishi yosh ijodkorlar tomonidan mahorat bilan ko‘rsatildi. Bu esa bolajonlarga bir olam quvonch ulashish bilan bir qatorda, ular tarbiyasida muhim o‘ringa ega bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, bayram dasturlari joriy yilning 30 - dekabr kuniga qadar davom ettirilishi rejalashtirilgan.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram