Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 81 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOY SHAHRIDA “VATANPARVARLIK OYLIGI” DAVOM ETMOQDA

×

 2023-12-22 18:43:53    832

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimizda davom etayotgan “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Quvasoy shahrida ham bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda. 

Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda kuni kecha Quvasoy shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan tadbir ham ana shularning biri bo‘ldi.

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga, ularni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ma’daniy-ma’rifiy uchrashuv hamda sport musobaqasida o‘quvchilar o‘z iqtidorlarini namoyish etdilar.

“Eng yaxshi kitobxon”, “Eng yaxshi ijodiy ishlar”, “Eng yosh ixtirochi” ko‘rik - tanlovlarida o‘quvchilarning ijod namunalari ko‘rsatilgan bo‘lsa, tosh ko‘tarish, kuch sinashish, shaxmat-shashka, arqon tortish va stol tennisi musobaqalarida yoshlarning kuch va mahoratlari yana bir bor sinaldi.

 O‘g‘il - qizlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish bilan birga ular o‘zlashtirgan bilim va ko‘nikmalarni ko‘zdan kechirish va rag‘batlantirishga qaratilgan bunday tadbirlar joylarda davom etmoqda.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram