5 - MAKTABGA 2 - DARAJALI "ZAMONAVIY MAKTAB" MAQOMI BERILDI
2023-12-18 11:31:47 574
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori asosida Ofsted va Jahon banki ekspertlarini jalb qilgan holda, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda “Zamonaviy maktab”larga qo‘yiladigan talablar bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini baholash mezonlari va metodikasi ishlab chiqilgan.
Shunga ko‘ra 2023 - yilda jami 2300 ga yaqin maktablar Respublika bo‘yicha o‘rganib chiqildi.
E’tiborlisi, viloyatimizdagi 5 ta maktabga 2 - darajali "Zamonaviy maktab" maqomi berildi. Ular orasida Quvasoy shahridagi 5 - maktabning ham borligi shahrimizda ta’lim - tarbiya sifatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlarning muhim isboti bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram