Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI BO‘LIB O‘TMOQDA

×

 2023-12-15 14:09:42    693

PDF yuklash
Chop etish


Ma’lumki, Farg‘ona viloyatining barcha shahar-tumanlarida joriy yilning 14-15 - dekabr kunlari yoshlar bandligiga ko‘maklashish maqsadida viloyat hokimligi tashabbusi bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etilishi rejalashtirilgan edi. (https://t.me/quvasoy_hokimligi/22729)

Ayni paytda belgilangan rejaga ko‘ra Quvasoy shahridagi 11-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida shahar hokimi o‘rinbosari Alisher Mamajonov hamda mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

So‘z olganlar aholini, xususan yoshlarni ish bilan ta’minlash hamda ularga qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, tadbirda shaharda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Kun davomida bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi mazmun-mohiyati, unga taklif etilgan tashkilotlar faoliyatiga e’tibor qaratildi va tadbirda barchani faol bo‘lishga chorladilar.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram