QUVASOYLIK NURONIYLARNING NAVBATDAGI SAYOHATI ANDIJON VILOYATIGA BO‘LDI
2023-12-04 10:05:38 343
Avvalroq Respublika bo‘ylab 1-30 noyabr kunlari e’lon qilingan “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida bir guruh quvasoylik nuroniy otaxon va onaxonlarning Namangan viloyatining diqqatga sazovor joylariga sayohatlari haqida xabar bergan edik. (https://t.me/quvasoy_hokimligi/22431)
Kuni kecha 50 nafar quvasoylik nuroniylar, xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida samarali faoliyat olib borgan va hozirda keksalik gashtini surayotgan mehnat faxriylari Andijon viloyatida bo‘lib qaytishdi.
Ushbu sayohatdan bir olam taassurotlarga ega bo‘lgan sayyohatchilar e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun yurtboshimizga minnatdorchilik bildirdilar.
Zotan, bizning faxru iftixorimiz bo‘lgan, katta hayot tajribasiga ega otaxon va onaxonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ehtirom xalqimizning qon-qoniga singib ketgan azaliy qadriyatlarimizdan biri ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram