Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 118 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA “ZO‘RAVONLIKKA QARSHI 16 KUN” AKSIYASI TASHKIL ETILDI

×

 2023-12-04 09:46:52    114

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahridagi 11-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” aksiyasi tashkil etildi

Reabilitatsiya va moslashtiruv markazi viloyat bo‘limi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi, shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tibbiyot muassasalari mas’ullari hamda mutasaddi idoralar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda dastlab xotin-qizlar uchun tibbiy ko‘rik amalga oshirildi.

Shundan so‘ng mavzuga oid qisqa videorolik yig‘ilganlar e’tiboriga namoyish qilindi.

Ma’ruzachilar tomonidan oilaviy kelishmovchiliklar, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik hozirgi kundagi dolzarb muammolardan biriga aylangani, unga yechim topish hamda huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir davomida hayotiy misollar yordamida muammoning ayanchli oqibatiga e’tibor qaratilib, bunday salbiy holatlarni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, BMT Bosh Assambleyasining 1999 - yil 17 - dekabrdagi rezolyusiyasi bilan 25 noyabr – Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni sifatida belgilangan.  

2014 yilda BMT Bosh kotibi xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarni bartaraf etishga qaratilgan “UNiTE” nomli tashabbusini ochiq deb e’lon qiladi. Shu munosabat bilan har yili dunyo miqyosida 25-noyabrdan 10 - dekabrga qadar “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” shiori ostida turli tadbirlar o‘tkaziladi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram