Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 146 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SHAHAR HOKIMI XITOYLIK INVESTORLAR BILAN YANGI LOYIHALARNI MUHOKAMA QILDI

×

 2023-12-04 09:39:52    116

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov Xitoyning HLT Industry Co., Ltd. kompaniyasi menedjeri Steve Shiu boshchiligidagi bir guruh xitoylik investorlarni qabul qildi.

Muloqotda ikki davlat rahbarlarining qat'iyati va siyosiy irodasi tufayli O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasidagi hamkorlik munosabatlari yangi bosqichga chiqayotgani qayd etildi. 

Investorlarga yurtimizda yaratilayotgan shart-sharoitlar, qulayliklar haqida aytib o’tildi.

Xususan, yangi ishlab chiqarishlarni yo’lga qo’yishda Quvasoy shahrining o’ziga xos joylashuv o’rni, mavjud salohiyati to’g’risida ma'lumot berildi.

O’z navbatida xitoylik mehmonlar tomonidan 1957 yilda tashkil etilgan HLT Industry Co., Ltd. kompaniyasi qariyb 60 yillik tajribaga ega bo’lib, gidravlik presslar ishlab chiqarish va sotish bo’yicha dunyo yetakchilaridan biri ekanligi ma'lum qilindi.

Quvasoy shahrida yangi ishlab chiqarishlarni yo’lga qo’yish, bu jarayonda ilg’or texnologiyalardan foydalanish, yangi ish o’rinlarini yaratish masalalari ko’rib chiqildi.

Hamkorlik rejalari, istiqbolda yangi loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram