“MEHR DAFTARI”GA KIRITILGAN QUVASOYLIK YOSHLARGA KO‘MAK KO‘RSATILDI
2023-12-04 09:36:31 176
Yurtimizda tegishli hukumat qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimi joriy etilgan.
Ushbu yo‘nalishda Quvasoy shahrida ham xayrli ishlar olib borilmoqda.
Shahar hokimligida o‘tgan tadbirda “Mehr daftari” da bo‘lgan Marjonaxon Abduxalikova hamda Anastasiya Zobkovaga yotoqxona mebel jihozlari topshirildi.
Shuningdek, Soy-bo‘yi MFY da yashovchi 2005 - yilda tug‘ilgan Abbosxon Iliyevning oliygohda ta'lim olishi uchun kontrakt to‘lovi qoplab berildi.
Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Zafarjon To‘raqulov bunday xayrli ishlar muntazam amalga oshirilib borilishini ta’kidladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram