Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 151 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOY SHAHAR HOKIMLIGI “GENDER TENGLIKNI TA’MINLASHDA ENG FAOL SHAHAR HOKIMLIGI” NOMINATSIYASI G‘OLIBI BO‘LDI

×

 2023-12-04 09:34:58    126

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2022 - yil 27 - apreldagi QQ-340 – IV sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Gender tenglik faoli” milliy tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi o‘tkazilib, unda 7 ta nominatsiya bo‘yicha 19 ta tuman va shaharlar ishtirok etdi.

Milliy tanlovni o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha viloyat komissiyasi tomonidan “Gender tenglikni ta’minlashda eng faol shahar hokimligi” nominatsiyasida Quvasoy shahar hokimligi g‘olib deb topildi.

Quvasoy shahar hokimligida o‘tgan tadbirda xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi kotibiyat mudiri Sherzod Karimov, Kengashning “Xotin-qizlar va gender tenglikni ta’minlash” masalalari bo‘yicha doimiy komissiya raisi Dilorom Mehmonovalar shahar hokimi Zafarjon To‘raqulovni g‘oliblik bilan qutlab, kelgusi ishlariga ham omad va muvafaqqiyat tiladilar.

Ma’lumot o‘rnida, “Gender tenglik faoli” milliy tanlovidan ko‘zlangan bosh maqsad har bir tashkilotda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan siyosatni shakllantirish, tashkilotlar faoliyatiga gender yondashuvlarni joriy etish, gender tenglikka erishish masalalariga jamoatchilik e’tiborini keng jalb etish, turli tuzilmalar faoliyatiga gender tenglikni singdirish, gender tenglikni ta’minlash sohasida tashkilotlarning ilg‘or tajribasini aniqlash, umumlashtirish va targ‘ib qilish, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram