UMUMTA'LIM MAKTABLARINING TA'LIM-TARBIYA SAMARADORLIGI TAHLIL QILINDI
2023-11-23 12:40:42 767
Joriy yilning 14-15 noyabr kunlari viloyat hokimligi tomonidan tuzilgan “Faxriylar kengashi” ishchi guruhi shaharda ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini belgilash va ijrosini ta'minlash maqsadida umumta'lim maktablari faoliyatini o’rgangan edi.
O’rganish jarayonlarida o’quvchilar davomatini nazorat qilish, obodonlashtirish ishlari va “Yashil makon” dasturi doirasida talab darajasida ish yuritilmagan ta'lim maskanlarining faoliyatiga tanqidiy baho berildi.
Kuni kecha shahar hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari shahar Kengashining doimiy komissiyalari a'zolari, shahardagi barcha umumta'lim maktablarining direktorlari va ularning o’rinbosarlari ishtirokida o’rganish natijalari bo’yicha muhokama yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Unda aniqlangan har bir muammo va kamchiliklar atroflicha ko’rib chiqildi.
Mutasaddilarga holatni o’nglash yuzasidan zarur ko’rsatma va topshiriqlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram