Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 129 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KORRUPTSIYAGA QARSHI KURASHISH OYLIGI DOIRASIDA QUVASOYDA TADBIR TASHKIL ETILDI

×

 2023-11-21 12:34:59    853

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining 2023 yil 17 noyabrdagi “Viloyat hududida korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish to’g’risida”gi Farmoyishiga asosan 2023 yil 20 noyabrdan 20 dekabrga qadar “Korruptsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e'lon qilindi.

Farmoyish ijrosi doirasida bugun Quvasoy shahar hokimligida tashkil etilgan seminarga xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari, sektorlar mas'ullari, hokimlik xodimlari, mahallalarda faoliyat ko’rsatayotgan hokim yordamchilari, maktab va maktabgacha ta'lim bo’limi, kadastr, qurilish bo’limi, tibbiyot birlashmalari vakillari jalb etildi.

Tadbirda ma'ruzachilar tomonidan korruptsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari haqida ma'lumot berildi.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonlari haqida so’z bordi.

Davlat idoralarida korruptsiyaning oldini olishga qaratilgan mazkur targ’ibot tadbirida viloyat hokimligi korruptsiyaga qarshi ichki nazorat bo’limi boshlig’i Farhod Nugmanov ishtirok etdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram