DAVLAT BAYROG’I QABUL QILINGANLIGINING 32 YILLIGI MUNOSABATI BILAN TADBIR TASHKIL ETILDI
2023-11-18 15:20:41 1146
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Quvasoy shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabda O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan madaniy-ma'rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
“Ulug’imsan, Vatanim” shiori ostida o’tgan tadbirda viloyat hokimining maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova ishtirok etdi.
So’z olganlar davlat ramzlariga hurmat-ehtirom, yosh avlod ta'lim-tarbiyasi haqida to’xtalib o’tdilar.
O’quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari, she'rlar va raqslar yig’ilganlarga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.
Yakunda bayram oldidan o’tkazilgan tanlovlar va tadbirlarda faol ishtirok etgan ustozlar va o’quvchilar shahar hokimligining sovg’alari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram