“KEKSALAR UCHUN TURIZM OYLIGI” DOIRASIDA QUVASOYLIK NURONIYLAR SAYOHATGA BORISHDI
2023-11-17 09:16:13 652
Keksalarni e'zozlash xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri sanaladi. Bu qadriyat yangi-yangi an'analar, ezgu tadbirlar bilan boyitilib, keksa dillarning samimiy duosi olinmoqda.
Prezidentimizning 2022 yil 15 martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarori ham keksalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolliklarini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Qaror doirasida “Keksalar haftaligi” va “Keksalar uchun turizm oyligi”ni o’tkazish ham yurtimizda o’ziga xos an'anaga aylandi.
Xususan, Respublika bo’ylab 1-30 noyabr kunlari e'lon qilingan “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida bir guruh quvasoylik nuroniy otaxon va onaxonlarning Namangan viloyatining diqqatga sazovor joylariga sayohatlari tashkil etildi.
Sayohat ishtirokchilari ko’rsatilayotgan e'tibor va g’amxo’rlik uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik bildirdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram