“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI EKOLOGIK XAVFSIZLIKNI TA'MINLASHNING MUHIM OMILI BO’LMOQDA
2023-11-13 18:27:04 445
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov hududlardagi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Joylardagi mas'ullar bilan suhbatlashib, ekilayotgan yangi daraxt ko’chatlari, ularning o’ziga hos hususiyatlari bilan qiziqdi.
Ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish tadbirlari kunning muhim talabi ekanligiga e'tibor qaratdi.
Zotan, inson qadri ulug’lanayotgan yurtda atrof-muhit ekologik sharoitlarni yaxshilanishi ham aholi hayot sifatini oshirishga xizmat qiladigan muhim omillardan hisoblanadi. Ekologik vaziyat barqarorligini ta'minlaydi.
Yurtimizda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, ko’kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilayotgani ana shunday ezgu maqsadga qaratilgan.
Shu ma'noda Quvasoy shahrida ham ayni yo’nalishdagi ishlar hududlar kesimida davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram