QUVASOYDA HAR QARICH YERDAN SAMARALI FOYDALANISH CHORA-TADBIRLARI KELISHIB OLINDI
2023-11-13 18:18:17 384
Quvasoy shahar hokimligi majlislar zalida bog’dorchilik fermer xo’jaliklarida 2024 yil hosili uchun kuz va erta bahorda bog’ qator oralariga sovuqqa chidamli to’qsonbosti ekinlarini ekish, g’alla parvarishi, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish masalalariga qaratilgan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov, shahar hokimi Zafarjon To’raqulov, viloyat prokuraturasi hamda tegishli viloyat tashkilotlaridan mas'ullar ishtirok etdi.
Qishloq xo’jaligi kompleksi rahbar va hodimlari, fermerlar va dehqon xo’jaliklari rahbarlari jalb etilgan tadbirda mamlakatimiz aholisini ertangi sabzavot mahsulotlariga bo’lgan talabini to’liq qondirish maqsadida xosildan bo’shagan maydonlarda sovuqqa chidamli to’qsonbosti qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish ishlari haqida so’z bordi.
Hududlardagi mavjud bog’ qator oralarini begona va zararkunanda o’tlardan tozalash hamda shudgor qilish, kuzgi agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish, dala madaniyatiga rioya qilish kunning muhim talabi ekanligi qayd etildi.
Fermer hamda dehqon xo’jaliklari rahbarlari mas'uliyatini oshirishga alohida e'tibor qaratildi. YErini qarovsiz qoldirgan hamda undan samarali foydalanmayotganlarga nisbatan belgilangan tartibda qat'iy chora-tadbirlar qo’llanishi aytib o’tildi.
Oldinda turgan vazifalar kelishib olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram