“GULISTON” MFY DA MAHALLA BINOSI ZAMONAVIY QIYOFA KASB ETMOQDA
2023-11-13 18:06:17 392
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov “Guliston” MFY da bo’lib, mahalla binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
“Tashabbusli byudjet” jarayonining birinchi mavsumi doirasida ushbu maskanda hozirda ta'mirlash, isitish tizimini yaxshilash hamda atrofini o’rash ishlari amalga oshirilmoqda va buning uchun 780 mln so’m miqdorida mablag’ ajratilgan.
Mahalla fuqarolar yig’inining yangi binosida xodimlar va mahalla aholisi uchun barcha zarur sharoit va qulayliklar yaratiladi.
Shahar hokimi mas'ullar bilan suhbatlashib, ishlarni sifatli va belgilangan muddatda bajarish yuzasidan ko’rsatma va topshiriqlar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram