Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 136 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOYDA HAM “BIZ BIR BO’LSAK – YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK – VATANMIZ!” SHIORI OSTIDA “MA'NAVIYAT MARAFONI” BO’LIB O’TDI

×

 2023-11-13 18:03:47    205

PDF yuklash
Chop etish


Bugun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Quvasoy shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Ma'naviyat marafoni” tashkil etildi.

Prezidentimizning “Biz bir bo’lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan ezgu da'vatlari asosida mamlakatimizda ilk bor o’tkazilayotgan mazkur tadbirlarga Quvasoy shahrida ham munosib tayyorgarlik ko’rildi.

Ta'lim maskani ochiq maydoniga qo’yilgan kitoblar yarmarkasi, iqtidorli o’quvchilarning ijod namunalari va ixtirolari ko’rgazmalari ishtirokchilar e'tiborini tortdi. Shuningdek, yosh rassomlar o’z mahoratlarini namoyish etdilar.

Yoshlarimiz qalbida milliy yuksalishga chorlovchi milliy g’ururni shakllantirish, vatanparvarlik tuyg’usini yanada kuchaytirish, milliy urf-odatlarimiz, an'ana va qadriyatlarimizga bo’lgan cheksiz hurmatni yanada mustahkamlashni ko’zda tutgan tadbirda shahar hokimligi mutasaddilari, imom-xatib va nuroniylar, harbiylar, jamoatchilik faollari ishtirok etdi.

So’z olganlar tomonidan mamlakatimizda jadal tarzda kechayotgan yangilanish jarayonlarida ma'naviyat, ma'rifatga e'tibor har doimgidan ham ustuvor ahamiyat kasb etayotgani ta'kidlandi.

Yoshlarning sahna chiqishlari va mushoiralar ham yig’ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Yakunda “Ma'naviyat marafoni” doirasida o’tgan turli yo’nalishlardagi tanlovlar g’oliblari tashkilotchilar tomonidan taqdirlandilar.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram