Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 130 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QUVASOY SHAHRIDAGI 3 - SONLI UMUMTA'LIM MAKTABINING 60 YILLIGI KATTA TANTANA QILINDI

×

 2023-11-13 17:58:26    115

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahridagi M. Ulug’bek MFY da joylashgan 3 - sonli umumta'lim maktabining 60 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda shahar hokimi Zafarjon To’raqulov hamda shahar sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Ta'lim maskanida tahsil olib hozirda xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida samarali mehnat qilib kelayotgan bitiruvchilar, ustoz-murabbiylar, deputatlar, faollar, keng jamoatchilik vakillari jalb etilgan tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi.

Mutasaddilar ushbu maktab o’z faoliyatini 1963 yilda boshlaganini, o’tgan yillar davomida bu bilim maskanini tamomlagan ko’plab quvasoyliklar el-yurt xizmatiga kamarbasta bo’lib kelayotganligini va boshqalarga doimo o’rnak va namuna ko’rsatayotganliklarini ta'kidladilar.

Hozirda maktabda 95 nafar pedagoglar 1700 nafardan ziyod o’quvchilarga o’z bilimlarini o’rgatib kelishmoqda. Ularning 23 nafari oliy toifali bo’lib, 6 nafar ustozlar davlat mukofotlari bilan taqdirlangan.

Tadbirda maktab tarixi va unda faoliyat olib borgan ustozlar haqidagi videorolik ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi. O’quvchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlar, qo’shiq va raqslar barchaga yuqori kayfiyat bag’ishladi.

Fahriy ustozlar va faol o’qituvchilarga esdalik sovg’alari topshirildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram