Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 131 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“YASHIL MAKON” DASTURI DOIRASIDA TALAB DARAJASIDA ISH YURITMAGAN MAKTAB RAHBARI FAOLIYATI TANQID QILINDI

×

 2023-11-13 17:50:38    137

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov Hamdo’stlik MFY da joylashgan 24-umumta'lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi. 

540 nafardan ziyod o’quvchilarga ega mazkur ta'lim maskani binosi uchun 5 ta qozonxona borligi haqida mutasaddilar ma'lumot berishdi.

Shahar hokimi maktab hududini ko’zdan kechirar ekan, obodonlashtirish ishlari o’z holiga tashlab qo’yilganini keskin tanqid qildi. Ta'lim maskani rahbarini mazkur yo’nalishda olib borayotgan ishlari qoniqarsiz ekanligini ta'kidladi.

Zotan, ilm-ma'rifat targ’ibotchisi bo’lgan ustozlar har bir jabhada, xususan, obodonlashtirish ishlarida ham boshqalarga o’rnak va namuna bo’lishi darkor.

Shahar hokimi Zafarjon To’raqulov “Yashil makon” dasturi doirasida bu yerda olib borilgan ishlar talab darajasida emasligini qayd etdi va mas'ullarga holatni tez kunlarda o’nglash, maktab jamoasiga yaqindan ko’mak berish yuzasidan zarur topshiriq va ko’rsatmalar berdi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram