Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 145 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

29 - MAKTABDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA “YASHIL MAKON” DASTURI DOIRASIDA OLIB BORILGAN ISHLAR O’RGANILDI

×

 2023-11-13 17:44:15    113

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’raqulov H.Olimjon MFY da joylashgan 29-umumta'lim maktabida bo’lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlari bilan tanishdi. Mavjud 3 ta qozonxonalar ko’zdan kechirildi. 

Mutasaddilar 1400 nafardan ziyod o’g’il-qizlar ta'lim-tarbiya olayotgan maktabda mavsumga tayyorgarlik yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumot berishdi.

Shuningdek, shahar hokimi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ta'lim muassasasida amalga oshirilgan ishlarga ham e'tibor qaratdi.

Afsuski, maktab ma'muriyati tomonidan ushbu yo’nalishda ishlarni tashkillashda bir qator kamchiliklarga yo’l qo’yilgani ko’zga tashlandi.

Xususan, hududni obodonlashtirish tadbirlari talab darajasida emasligi keskin tanqid qilindi. Holatni o’nglash yuzasidan mas'ullarga zarur ko’rsatma va topshiriqlar berildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram