KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: QUVASOYDA DXSH ASOSIDA TIBBIYOT MASKANLARIGA ISITISH QOZONLARI O’RNATILDI
2023-11-10 09:00:30 473
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ijtimoiy soha ob'ektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to’g’risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Quvasoy shahrida ham tizimli ishlar olib borilmoqda.
Ijtimoiy soha ob'ektlaridagi isitish tizimlarining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta'minlash, ushbu ob'ektlarga issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berish hamda energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish chora-tadbirlari ko’rilmoqda.
Xususan, davlat-xususiy sheriklik asosida shahardagi markaziy shifoxonaga hamda 8 ta oilaviy poliklinika binolariga jami 21 dona ko’mir yoqilg’isida ishlaydigan isitish qozonlari olib kelib o’rnatildi.
2023-2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun 70 ta ijtimoiy soha ob'ektlariga ko’mir yoqilg’isi rejasi 5 400 tonna belgilangan bo’lib, bugungi kun holatiga 5 400 tonna Qirg’iziston Respublikasidan import ko’mir olib kelinib jamg’arildi.
Mavsumni ko’ngildagidek o’tkazish maqsadida shaharda ayni kunlarda tayyorgarlik ishlari yakuniga yetkazilmoqda va barcha ijtimoiy, iqtisodiyot ob'ektlari yana bir bor xatlovdan o’tkazilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram