Shrift o'lchami Rang Rasm

Quvasoy shahar hokimi
To`rakulov Zafarjon Qodirovich


<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OILA VA XOTIN-QIZLAR BO’LIMI TIZIMIDA OLIB BORILGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI

×

 2023-11-10 08:47:26    411

PDF yuklash
Chop etish


Quvasoy shahridagi 11-sonli Bolalar musiqa va san'at maktabida shahar Oila va xotin-qizlar bo’limi tizimida joriy yilning 9 oyi davomida olib borilgan ishlar tahliliga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.

 Tadbirda dastlab shahar hokimi o’rinbosari – oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Nigora Ubaydullayevaning hisoboti eshitildi.

Hisobotda shahardagi mavjud 31 ta mahalla fuqarolar yig’inlari kesimida olib borilayotgan ishlar, joylarda tashkil etilayotgan tadbirlar haqida ma'lumot berildi.

Oilaviy ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, yo’l qo’yilgan xato va kamchiliklar muhokama qilindi. 

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan, “Ayollar daftari” ro’yxatiga kiritilgan xotin-qizlar bilan olib borilgan ishlar haqida ham to’xtalib o’tildi.

Yig’ilish so’ngida oldinda turgan vazifalar kelishib olindi va o’z mehnatlari bilan boshqalarga o’rnak va namuna bo’layotgan tizim vakillari, faol xotin-qizlar taqdirlandilar.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Twitte, YouTube, Instagram