21-OKTYABR - O’ZBEK TILI BAYRAMI KUNI QUVASOY SHAHRIDA KENG NISHONLANMOQDA
2023-10-23 14:02:14 421
Quvasoy shahrida ham o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
Mamlakatimizda ona tilimiz qadri va nufuzini yanada oshirish borasidagi siyosat va amaliy ishlar yangi bosqichga ko’tarilayotgani mazkur tadbirlarda o’z ifodasini topmoqda.
Quvasoy shahridagi 2-ixtisoslashgan davlat umumta'lim maktabida tashkil etilgan bayram tadbirida so’z olganlar dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo’lgan o’zbek tilining yuksalib borayotgan obro’-e'tibori, kundalik hayotimizdagi o’rni va ahamiyati haqida to’xtaldilar.
“Qadring baland bo’lsin, Ona tilim!” shiori ostida o’tgan madaniy-ma'rifiy tadbirda o’quvchilar tomonidan tayyorlangan ona tilini madh etuvchi she'rlar, sahna ko’rinishlari, qo’shiq va raqslar yig’ilganlarga ko’tarinkilik bag’ishladi.
Bu kabi tadbirlar barcha ta'lim muasassalarida, korxona va tashilotlar davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram