QUVASOY SHAHAR HOKIMINING NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI BO’LIB O’TDI
2023-10-18 08:51:10 554
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Quvasoy shahridagi Xalq qabulxonasida shahar hokimi Zafarjon To’raqulovning navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Shahar hokimligi mas'ullari, tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o’tgan qabul davomida 20 nafardan ziyod fuqarolar uy-joyga ega bo’lish, obodonlashtirish, moddiy yordam, imtiyozli kredit olish, tadbirkorlikni yo’lga qo’yish kabi turli masalalarda o’z murojaatlarini amalga oshirdilar.
Ko’plab murojaatlar qabul davomida hal etildi. YEchimi qo’shimcha o’rganish talab etadigan murojaatlarni hal etish bo’yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi. Ba'zi murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram