VOYAGA YETMAGANLARNING MANFAATLARI HIMOYA QILINMOQDA
2023-04-12 16:55:29 332
Majburiy ijro byurosining Quvasoy shahar bo’limi tomonidan 2023 yilni 1-choragida voyaga yetmaganlarning ta'minoti uchun aliment undirish bilan bog’liq mavjud 1159 ta ijro hujjatlari bo’yicha 1 mlrd. 12 mln. so’m undirilib, ularning moddiy ta'minoti uchun o’tkazib berildi
Aliment undirish haqidagi ijro hujjatlari bo’yicha qarzdorlar va undiruvchilar bilan olib borilgan profilaktik suhbatlar va chora-tadbirlar natijasida 98 nafar oilalarni yarashtirishga erishilgan
Shu bilan birga, aliment to’lovchi qarzdorlarning 139 nafari byuro aralashuvi bilan ishga joylashtirilib, ish joylariga talabnomalar yuborilgan
912 nafar qarzdor fuqarolarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi hududidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan
1-chorak davomida aliment to’lashdan bo’yin tovlagan 19 nafar qarzdor huquqbuzarliklarga nisbatan MJtKning 47.4-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka oid ish qo’zg’atilib, sudlarga yuborildi va sudlar tomonidan tegishli jazolar tayinlandi
Aliment qarzini to’lashdan ashadiy bo’yin tovlagan va ma'muriy javobgarlikka tortilganidan so’ng ham o’ziga tegishli xulosa chiqarmagan 1 nafar qarzdorlarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 122-moddasi bilan jinoyat ishlari qo’zg’atilgan
Byuro tomonidan ushbu yo’nalishdagi ishlar davom ettirilmoqda
MAJBURIY IJRO BYuROSI QUVASOY ShAHAR BO’LIMI
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram