QUVASOYDA 2 DONA “SHACMAN” AVTOTRANSPORT VOSITASI QARZDORNING QARZI EVAZIGA XATLANDI
2023-02-01 14:03:27 275
Byuroning Quvasoy shahar bo’limi ish yurituvidagi Farg’ona viloyat DSBning 21.12.2022 yildagi qarzdor “Terranova tsement” MChJdan undiruvchi DSI foydasiga 179.542.655 so’m soliq qarzini undirish haqidagi ijro hujjati bo’yicha byuro tomonidan qarzdorga soliq qarzini to’lovini amalga oshirishi uchun ixtiyoriy muddat berilgan
Lekin, qarzdor davlat ijrochisining ogoxlantirishlarga qaramay DSI oldidagi mavjud qarzini bartaraf etish chorasini ko’rmagach, 31.01.2023 yil kuni byuro tomonidan qarzdorga tegishli 2 dona “SHACMAN” rusumli yuk tashuvchi transport vositalari ruyxatga olinib xatlandi
Hozirda xatlangan mulklarni baholash va auktsion savdolarga qo’yish choralari ko’rilmoqda
MIB Quvasoy shahar bo’limi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram