QUVASOY SHAHRIDA YOSHLARGA OID DAVLAT DASTURI IJROSI YUZASIDAN MATBUOT ANJUMANI
2023-01-27 21:21:54 338
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 19 yanvar kungi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-92-son, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 7 iyun kungi "Yoshlar muammolarini o’rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarorlari ijrosini ta'minlash hamda Quvasoy shahrida yoshlarning muammolarini o’rganish, hal etish tizimi asosida yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 27 yanvar kuni shahar hokimligida “Hokim, yoshlar yetakchilari va yoshlar” Matbuot anjumani bo’lib o’tdi.
Matbuot anjumanini Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To’rakulov ochib, - Yosh avlodning sog’lom o’sishi, sifatli ta'lim olishi va barkamol shaxs bo’lib voyaga yetishini ta'minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o’qishga bo’lgan qiziqishini har tomonlama qo’llab-quvvatlashga doim tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, har bir mahallada yoshlarni qiziqishlarini inobatga olgan holda kasbga hamda tilga o’qitish markazlari tashkil etish to’g’risida tavsiya va ko’rsatmalarini berdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qiziqtirgan savollariga shahar xokimi tomonidan javob berildi hamda qo’shimcha taklif va tashabbuslarini qo’llab-quvatlashini ta'kidladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram