MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOT DIREKTORLARINING NAVBATDAGI USLUBIY BIRLASHMASI O’TKAZILDI.
![](https://quvasoy.uz/uploads/bot/30629363c7144bb426a4c.jpg)
2023-01-25 18:37:31 237
![](https://telegra.ph/file/30629363c7144bb426a4c.jpg)
Quvasoy shahar maktabgacha ta'lim bo’limi tasarrufidagi Ganiyeva Dilorom Xamidovna rahbarlik qilayotgan 12-davlat, tayanch maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkilot direktorlarining navbatdagi uslubiy birlashmasi o’tkazildi.
![](https://telegra.ph/file/f571a46fb8504ff0c1e9f.jpg)
Uslubiy kengashda "Pedagogik kengashlar-mahorat maktabi" hamda "Kuzatuvlar kengashi faoliyati" mavzular chuqur o’rganib chiqildi. Seminarda tasarrufdagi maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorlari, viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi mutaxassisi D.Ergasheva hamda bo’limning mutaxassislari ishtirok etishdi.
![](https://telegra.ph/file/82db54c7e2555014305ad.jpg)
Seminar yuqori saviyada, bahs-munozara shaklida o’tkazildi. Seminarda pedagogik kengashlarning o’tkazilish tartibi, ko’riladigan dolzarb mavzular, kengash qarorlarini chiqarilishi va unga ma'sul bo’lgan pedagoglarning vazifalari to’g’risida fikr yuritildi.
![](https://telegra.ph/file/5633cd83a342d9054556b.jpg)
Kuzatuvlar kengashi a'zolarini saylash tartibi, ish hujjatlarini yuritilishi shuningdek, kuzatuv kengashining maqsad va vazifalari to’g’risida keng tushunchalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram