XOTIN-QIZLAR FAOLLARIGA PLANSHETLAR TOPSHIRILDI
2023-01-05 16:59:53 235
Davlatimiz rahbarining “Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga koʻtarish hamda xotin-qizlarni kasbga oʻrgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish ishlarini kompleks tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan “oilabay” ishlash, koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning soni va sifatini oshirish maqsadida “Mahallada ijtimoiy xizmat moduli”ni joriy etish boʻyicha bir qator koʻrsatmalar berilgan.
Bugun Quvasoy shahridagi 31 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari “Mahallada ijtimoiy xizmat” avtomatlashtirilgan maxsus elektron moduli oʻrnatilgan planshetlar bilan taʼminlandilar.
Tadbirda shahar hokimining oʻrinbosari Nigora Ubaydullayeva va Xalq deputatlari shahar Kengashi mudiri A.Nazirovlar ishtirok etishdi.
Masʼullar tomonidan xotin-qizlar faollariga mahallalarda “oilabay” tizimini yuritishda, ijtimoiy himoyaga muhtoj, tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizlarni bazalarga kiritish boʻyicha tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram