NEVARA BOBOSIGA ALIMENT TO’LASHI MUMKINMI ?
2023-01-05 16:57:56 235
SAVOL;
Bobo o’z nevarasidan aliment talab qilishi mumkinmi ?
JAVOB;
Oila kodeksining 124-moddasiga ko’ra, o’zlarining voyaga yetgan bolalaridan yoxud eri yoki xotinidan (sobiq eri yoki xotinidan) ta'minot ololmaydigan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bobo va buviga ta'minot berish majburiyati yetarli mablag’ga ega bo’lgan voyaga yetgan mehnatga layoqatli nevaralar zimmasiga yuklatilishi mumkin.
Demak na o’z bolalaridan na bir-biridan aliment ololmaydigan mehnatga layoqatsiz va yordamga muhtoj bo’lgan bobo yoki buviga aliment berish majburiyati yetarli mablag’ga ega bo’lgan voyaga yetgan mehnatga layoqatli nevaralar zimmasiga yuklatilishi xam mumkin
MAJBURIY IJRO BYuROSI QUVASOY ShAHAR BO’LIMI
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram