QABULLAR: MUAMMOLARNI HAL QILISHNING SAMARALI MEXANIZMI
2022-12-15 09:11:14 229
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrganish va hal etish maqsadida Quvasoy shahar, hokimi 1-sektor rahbari Zafarjon Toʻrakulov, hamda sektor rahbarlari ishtirokida joriy yilning 13-dekabr kuni navbatdagi qabul oʻtkazildi.
Qabul chogʻida fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, shu kabi boshqa masalalarga oid murojaatlar koʻrib chiqildi.
Qabul davomida jami 13 ta murojaat: ulardan 8 tasi joyida qanoatlantirildi, muddat talab qiluvchi 5 ta murojaat esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, bajarilishi nazoratga olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram