QUVASOY SHAHRIGA BELORUSSIYA RESPUBLIKASIDAN INVESTORLAR TASHRIF BUYURDI.
2022-12-13 20:35:42 216
Quvasoy shahar hokimi Zafarjon To`rakulov, Belorussiya Respublikasi "BELLESBUMPROM" konserni raisi o`rinbosari Dikoviskiy Gennadiy Nikolaevich boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.
Delegasiya tarkibida, "FanDok" MChJ direktori A.Portyankov, "Mebelnaya fabrika" MChJ direktori S.Potapenko va "Rechisadrev" MChJ direktori D.Prigaralar ham ishtirok etdilar.
Uchrashuvda har tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari, jumladan, mebelsozlik, qurilish materillari kabi sohalarida amalga oshirish rejalashtirilayotgan, investisiyaviy loyihalar muhokama qilindi.
Investorlar shaharning yirik ishlab chiqarish korxonasi “Kvars” AJ, turizm saloxiyati va shahardagi kichik sanoat zonalardagi sharoitlar bilan yakindan tanishdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram