QUVASOYDAGI MAKTAB UZATMASIDAGI NOSOZLIK BARTARAF ETILMOQDA
2022-12-13 09:29:20 220
Quvasoy shahridagi "Ziynat" hamda "X.Olimjon" mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarini elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Yuqoridagi hududlarni elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/6 kVli "2A" podstansiyasidan chiquvchi 6 kVli “Maktab” elektr uzatish tarmog’ining boshlanish nuqtasida avariyali uzilish yuzaga kelgan.
Mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlariga tezkorlik bilan jamiyatning tegishli barcha bo‘lim, xizmatlar mutaxassislari jalb etilib, kerakli maxsus avtotransport vositalari hamda zarur elektr qurilmalari bilan ta'minlangan.
Tez orada mazkur nosozlik to‘liq bartaraf etilib, elektr uzatish tarmog’iga kuchlanish beriladi.
Avariyali uzilish vaqtida keltirilgan noqulayliklar uchun iste'molchilardan uzr so‘raymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram