TOJIKISTONDA O’TKAZILGAN BIZNES-FORUM O’Z NATIJASINI BERMOQDA.
2022-11-01 10:47:06 228
Joriy yil 8-9 sentyabr kunlari Farg’ona viloyatining savdo-iqtisodiy, sanoat-madaniy sohadagi saloxiyati taqdimotini o’tkazish maqsadida viloyat hokimi boshchiligidagi rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasi So’g’d viloyatiga borilgan edi.
Ko’rgazmada Quvasoy shahridan xam korxonalar o’zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishib, savdo-iqtisodiy shartnomalar imzolangan edi.
O’tkazilgan uchrashuvlar o’z natijasini berib, o’tgan davr davomida “Kvarts” AJ tomonidan Tojikistonning qator korxonalariga 784 ming. dollarlik oyna mahsulotlari eksporti amalga oshirildi.
Eksport qilish davom etmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram