Shahar hokimligida 2022 yilning 9 oyi davomida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash natijalari yuzasidan xisobot
2022-10-27 15:47:07 214
Joriy yilning 9 oyi davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan 590 ta yozma murojaatlar kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 1080 tani tashkil etib, 490 taga yoki 45,3 foizga kamaygan.
Shundan, joriy yilning 30 sentabr kuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi 323ta (397 ta) hamda Halq qabulxonasi elektron tizimi orqali 124 ta (222), shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri 143 ta (476ta) yozma murojaatlar kelib tushgan.
Mazkur murojaatlarning 310 tasi (52,1%) ijobiy hal etilgan, 265ta (44,9%) murojaatga qonuniy tushuntirish berilgan, 2ta (0,6%) murojaat tegishliligi bo‘yicha yuborilgan, 13 ta (2,4%) murojaat o‘rganish jarayonida.
Murojaatlar sohalar kesimida tahlil etilganda, Boshlang‘ich to‘lovsiz uy-joy olish 122 ta, Moddiy yordam ajratish 129 ta, Tadbirkorlikni rivojlantirish masalasida 66 ta, Yo‘llarni ta’mirlash 63 ta, Qishloq xo‘jaligi sohasida 48 ta, Obodonlashtirish masalasida 43 ta, Uy-joylarni ta’mirlash 24 ta, Ichimlik suvi hamda gaz tarmoqlari masalalarida 13 ta, Kredit olish 9 ta, Ishga joylashtirish
9 ta, Raxbarlar faoliyati to‘g‘risida 8 ta, Elektr ta’minoti 7 ta, Daftarga (Temir, Ayollar, Yoshlar) kiritish masalasida 6 ta, Xalq ta’limi masalasida 4 ta hamda boshqa sohalarga oid 39 ta murojaatlar kelib tushganligi aniqlandi.
Eng ko‘p murojaatlar shaharning Ziynat 72ta (12,2%), Bog‘bon 40 ta (6,7%), Yoshlik 37 ta (6,3%), X.Olimjon 33 ta (5,5%), Valik 32 ta (5,4%), Qo‘chqorchi 30 ta (5,1%), Do‘stlik 29 ta (4,9%), Kokilon 28 ta (4,7%), Pakana 27 ta (4,6%), Guliston 21 ta (3,5%), Yu.Mo‘yan 20ta (3,3%), mahalla fuqarolar yig‘inlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Shuningdek, tasdiqlangan reja-jadval asosida shahar hokimi tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy va ommaviy-sayyor qabullar davomida 705 nafar aholi vakillari qabul qilinib, murojaatlarning 484 tasi murojaat yoki 68,6 foizi ijobiy hal etildi.
Shuningdek, joriy yilning 9 oyi davomida shaxar hokimining barcha o‘rinbosarlari tomonidan jami 494 nafar fuqarolar qabul qilingan. Qabullar davomida qayd etilgan murojaatlarni 320 tasi yoki 64,7 foizi ijobiy hal etilgan.