“O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI” MUNOSABATI BILAN YURTIMIZDA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA.
2022-10-14 16:38:22 221
Kishi ona tilida o‘ylaydi, fikrlaydi, dilidagini tiliga ko‘chiradi. Demak, tafakkur tili o‘z ona tili bo‘ladi. Yillar o‘tib, milliy liboslarimiz o‘zgarar, yashash tarzimiz almashar.
O‘ylab qarasak, o‘zgarmas tushunchaning, birlikning o‘zi yo‘q. Biroq biz o‘zgartirishga haqimiz bo‘lmagan, aksincha, rivojlantirib, sayqallab borishimiz, g‘urur deb bilishimiz kerak bo‘lgan qadriyat bor. Bu-ona tili.
Bugun O‘zbekistan Respublikasining “Davlat tili haqida” gi Qonun qabul qilinganligining 33 yilligiga hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati Quvasoy shahridagi barcha Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachi hamda
tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Qadring baland bo'lsin, ona tilim” shiori “O‘zbek tilini madx etuvchi eng yaxshi she’r” tanlovi o‘tkazildi.
Tadbir davomida oishtirokchilar ona tilini madh etuvchi she’rlar o‘qib, qiziqarli sahna ko‘rinishlari namoyish etdilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram