ARZONLASHTIRILGAN YARMARKALAR-AHOLIGA QULAYLIK
2022-10-12 18:57:16 235
Bugun 12.10.2022-yil kuni Quvasoy shahar xokimligi, shahar prokuraturasi deportamentning Quvasoy shahar bo’limi tashabbusi bilan shahar markazidan olis hududlarda joylashgan aholi yashash xonadonlariga borildi.
Xalq banki xodimlari nafaqa yoshidagi pensionerlarga nafaqasi hamda yagona reestr orqali ro’yxatda turgan oilalarga bolalar nafaqa pullari berildi.
Qishloq aholisini og’irini yengil qilish maqsadida shahardagi barcha arzonlashtirilgan ko’chma savdo yarmarkasida oziq-ovqat mahsulotlari un, shakar, yog’, guruch mahsulotlari arzon narxlarda sotildi.
Mazkur yarmarkaga shahardagi fermer xo’jaliklari tomonidan olib kelindi va korxona-tashkilotlar biriktirilib, kunlik mahsulot yetkazish miqdori belgilanib, arzon mahsulotlar savdosi amalga oshirildi.
Shu orqali asosiy turdagi mahsulotlar tannarxini barqarorlashtirish maqsad qilingan. Masalan, yarmarkalarda mol go’shti 55-60 ming so’mdan sotilmoqda. Boshqa mahsulotlar tannarxi ham xuddi shu tartibda barqaror turibdi. Eng muhimi, aholi mamnun.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Twitte,
YouTube,
Instagram